Silver Rain — Toshkentdagi Bali uslubidagi premium dam olish maskani.
Iyul oyidan beri ular bilan marketing ustida ishlayapmiz.
Nimalarni ishga tushirdik:
- Sayt ishga tushirildi va unga konverisyani oshirish uchun Telegram orqali yozilish tugmasini qo'shildi
- Google Ads va performance marketing
- Bloger marketing (barter asosida, oyiga 10 tagacha bloger)
- Eski mijozlar bazasini qaytarish kampaniyasi (700+ mijozga shaxsiy xabar)
Natija (aprel–iyul bilan avgust–sentabr solishtirilgan, oylik o'rtacha):
Yangi mijozlar murojaati: 42 → 101 (+140%)
Sotuv so'rovlari: 48 → ~100 (2 baravar)
Bronlar: 23 → 41–45 (+80%)
Sayt tugmasi 2,5 oyda 52 ta yangi murojaat olib keldi (oldin bu kanal umuman yo'q edi)
Eski mijozlarni qaytarish kampaniyasi 26,5% javob va ~15 ta qo'shimcha bron berdi
Eng qiziq saboq:
Murojaatlar ikki baravar oshdi, lekin bron qilganlar ulushi 49% dan 41% ga tushdi. {bu yerda konversiya foizi umumiy murojaatga nisbatan tushgan)
Telegramdagi 53 000+ xabarni tahlil qildik va sababini topdik:
- Menejer "Qaysi kunga, necha kishiga yozib qo'yay?" deb so'raganda mijozlarning 74% i bron qiladi. So'ramaganda — atigi 32%.
- Tunda yozganlar javobni 3 soatgacha kutadi va kamroq bron qiladi.
Xulosa: trafik olib kelish — ishning yarmi xolos. Agar sotuv bo'limi yangi oqimga tayyor bo'lmasa, mijozlarning bir qismi yo'qoladi.
Keyingi bosqich: menejer uchun sotuv skripti, avtomatik follow-up va tungi murojaatlar uchun AI-javob. Maqsad — yangi oqimni ham 50%+ konversiyaga olib chiqish.
Natijalarini keyingi postda ulashaman
Bu yerdagi hisobot faqatgina telegram yozishmalarining o'zidagi o'sish - qo'ng'iroq qismidagi o'sishlarni ham ulashamiz
Bilol alixan · Founder