1 daqiqa o'qish

Men 24 yoshimga kirib o’rgangan narsalarimdan biri “Katta gapirmaslik” bo’ldi.

Men qaysi mavzuda bo’lmasin, Katta Pul topish, Sevgi, Munosabat, Biznes, Do’stlar har qanday qismida juda yaxshi natijalarga erishdim va barchasida katta gapirishni boshladim.

Dunyoda sinov degan narsa bor ekan va Alloh menga sen kimsan katta gapirasan dedi.

Barchasini yo’qotdim.

Bir-ma bir barchasini mendan ketdi.

Bilasizmi, har birini yo’qotganimda doim bu katta gapirganlarim esimga keldi.

Bizneslarimni yo’qotdim, 35,000$ bir startup’ga tikdim. O’xshamadi.

Loyihalarim birin ketin muvaffaqiyatsizliklarga duch keldi va loyihalarim mendan ketishni boshladi.

Eng sevgan va menga energiya beradigan Bobom vafot etdi.

CEO bo’lgan va 65% lik ulushga ega kompaniyamdan chiqarib yuborildim.

Xattoki, 5 million so’m oylik beruvchi ishga ham qabul qilishmadi.

Ko’chalarda qoldim.

Na Dardimni aytsam tushunadigan odam, Na dalda beradigan odam topolmadim.

Qarzga botdim.

Mashinamda avariya bo’ldim.

Hayotimda eshitmagan gaplarimni yaqinlarimdan eshitdim.

Unashtiruvim buzildi. Sevgan insonimni yo’qotdim.

Atrofimda do’st degan insonlarimni birontasi qolmadi.

Shu qadar sinovlar ustimga kelar ekan taslim bo’lmadim.

Oyoqqa turishga harakat qildim, qilyapman.

Insonga eshiklar yopilgan vaqti Lavz berishi xavfli ish ekan.

Chunki, u vaqt lavzing ustidan chiqish ham senga qiyin qilib qo’yilar ekan. (qarz borasida)

Shu sabab, katta gapirmang!

Ertaga hayotingiz yaxshi bo’lishini xohlasangiz Katta gapirmang!

©️Xatolarimdan xulosalar.

Bilol alixan

Bilol alixan bilan bog'lanish

Fikr qoldiring yoki savol bering