1 daqiqa o'qish

Menimcha, insonga irodasi ko‘tara olmaydigan narsa berilmaydi.

Boylik ham, sinov ham, mashhurlik ham, hokimiyat ham — har bir narsaning o‘z vazni bor.

Chunki insonning irodasi ko‘tara olmaydigan narsani qo‘liga olishi bilan u narsani boshqarishdan ko‘ra, o‘sha narsa insonni boshqara boshlaydi.

Boylik — ochko‘zlikka.
Mashhurlik — manmanlikka.
Hokimiyat — zulmga.
Sinov — taslim bo‘lishga aylanishi mumkin.

Shuning uchun ba’zan inson xohlagan narsasiga ega bo‘lmagani — unga berilmaganidan emas, hali uni ko‘tara oladigan darajaga yetmagani uchundir.

Chunki inson o‘z irodasi ko‘tara olmaydigan narsani olsa, asta-sekin o‘zidan ketishni boshlaydi.

Bilol alixan

Bilol alixan bilan bog'lanish

Fikr qoldiring yoki savol bering