1 daqiqa o'qish

Uylanish / Turmush qurish bu faqat o'zinga juft tanlash emas!

Bu buyuk oilaning davomi yoki boshlanishidir.
Tug'ulajak farzandlaringga mos Ota/Ona tanlashdir.

24 yoshimga kirib eng qiyin tanlov bu oila qurishda juft tanlash ekanini tushundim.

Maqsadlaring katta va erishmoqchi bo'lgan yutuqlaringa eng avvalo o'zing va senchalik ishonadigan jufting bo'lishi kerak.

Seni eshitadigan, tinglashni biladigan, jaxling chiqsa sabr qila oladigan, g'azabi kelganda tilini tiya oladigan, seni hurmat qiladigan, o'rtadagi muammolarni birgalikda o'tirib gaplasha oladigan va buni o'zaro tashqariga chiqarmasdan hal qil qilishga ko'nadigan.

Har qanday vaziyat bo'lmasin, seni qo'lingni mahkam tutib senga ishonadigan.

Boshqalar nima desa desin, faqat sening tilingdan chiqqaniga ishonadigan.

Buyuk bir maqsad ostida birlasha oladigan va qo'llay oladigan.

Ilmga qiziqadigan va uni ortidan quvadigan.

Shaxsiy fikrlariga ega va uni ochiq bayon qila oladigan.

Arzimas narsalardan fil yasamaydigan, sokin og'ir bosiq bo'lgan.

Inson bo'lishi kerak, Sababi bu fazilatlar oilada juda katta o'ringa egadir.

Shu sabab tengqur va hali uylanmagan aka ukalarimga ham tafsiya berardimki chiroydan, dindan tashqari mana shu qismlariga ham e'tibor bering!

Hayotingiz ancha yengilroq bo'ladi. Boshqa muammolar orasida yurgan vaqtingiz uyga kelsangiz hotirjamlikni his qilasiz.

Hayot va oila yo'lingizda omad!

Bu yerda yozilganlar faqatgina ayollarga yoki erkaklarga tegishli fazilar emas bu har ikki jinsga tegishli fazilatlar
Bilol alixan

Bilol alixan bilan bog'lanish

Fikr qoldiring yoki savol bering