Apelsin
"Biznes — odamlarning ehtiyojlariga yechim berish va shu orqali daromad olish san'ati."
Biz ehtiyojlarga — qiymatli yechimlarni tahlil, resurslar va strategiya orqali ishlab chiqib taqdim qilamiz!
Fikr qoldiring
Bilol alixan Toxirov Namangan shahrida tug'ilgan, ammo hozirda faoliyatini Toshkentda olib boruvchi analitik va strateg marketolog, bir nechta kompaniyaning asoschisi va rahbari.
Uning marketing sohasidagi yo'li 2021-yilda boshlangan. Digital marketing bo'yicha Qozondagi xususiy agentlikda tahsil olib, shu yerda dastlabki amaliy tajribasini orttirgan. 2023-yildan boshlab strategik va analitik marketing yo'nalishiga o'tib, CEO sifatida faoliyat yurita boshlagan. Uning yondashuvi aniq: har bir qaror raqamlarga, har bir kampaniya puxta strategiyaga asoslanishi kerak.
Bugungi kunga qadar u 400 dan ortiq brend bilan marketingning turli yo'nalishlarida hamkorlik qilgan va bu loyihalarni o'z jamoalari orqali boshqargan. Ular orasida Hilton, InterContinental, Swissôtel va KIA kabi xalqaro brendlar, shuningdek Imzo, Beston, Asialuxe Travel, Marstiff, Target International School, Silver Rain Health Center va Xorazmdagi eng yirik supermarket tarmog'i Dehkon kabi O'zbekiston bozorining yetakchi va premium kompaniyalari bor.
Bugun Bilol alixan uch yo'nalishni rivojlantirmoqda:
Hozirda u University of London'da MBA bo'yicha tahsil olmoqda.
Uning maqsadi — O'zbekistondagi bizneslarga marketing, sotuv va jarayonlarini tizimli, o'lchanadigan va masshtablanadigan qilishda yordam berish.